Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida respublikamizda jami 276,9 mingta nikoh holatlari qayd etilgan.
Ma`lum qilinishicha, 2021 yilning 11 oyida qayd etilgan nikohlar soni o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,5 % ga oshgan.
Ma`lumot uchun: O`zbekistonda yil boshidan 832,4 ming tug`ilish qayd etilgan. Shundan eng ko`p tug`ilish Samarqand viloyati hissasiga to`g`ri keladi.






