Sharof Muqimov kecha, 19 dekabr kuni 3 nafar egizak o`g`illarning otasi bo`ldi. Ijodkor quvonchini o`zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e`lon qildi, deya yozmoqda "Zamon" nashri.
Sharof Muqimov farzandlariga ustozlarining, jumladan chaqaloqlardan biriga Tohir Sodiqovning ismini qo`yishi haqida aytib o`tgan.
Ma`lumot uchun: xonanda va aktyor 2010 yilda xonanda Sevinch Mo`minovaga uylangan.Ammo ma`lum muddatdan so`ng, ijodkorlar ajrashishga qaror qilishgan. Oilaning Leyla ismli qiz farzandi bor. Shuningdek, 2019 yilning iyun oyida esa ijodkor surxondaryolik muxlisi bilan turmush qurgandi.






