Ijtimoiy tarmoqlarda «Yangiyo`lda «uchastkavoy»lardan kuniga 2 tadan fuqaroni jarimaga tortish talab qilinmoqda» nomli videolavhalar tarqalmoqda.
Mazkur xabarlar yuzasidan IIV Matbuot kotibi Shohrux G`iyosov munosabat bildirib, materialda ko`rsatilgan vajlar bo`yicha tekshiruv o`tkazilayotganligini ma`lum qildi.
"Shu o`rinda, oxirgi vaqtlarda ichki ishlar organlarining ayrim nopok xodimlari, o`z xizmat vazifasiga sovuqqonligi yoki xizmat jarayonidagi kamchiliklarini yashirish, rahbarlarining qat`iyatligi ustidan arizabozlik qilish ortidan jamoatchilik o`rtasida asossiz va salbiy fikrlarni kelib chiqishiga sabab bo`lmoqdalar.
Albatta, barcha holatda, tomonlarning harakatlariga tegishli huquqiy baho beriladi.
Bu borada, ijtimoiy tarmoqlarning faollaridan, kelib tushayotgan murojaatlarni bir tomonlama yoki bo`rttirib yoritish tajribasiga chek qo`yishlarini so`raymiz", - deyiladi matbuot kotibi munosabatida.






