AsosiyJamiyat

Shoshilinch axborot: O`zbekistonga sovuq havo va kuchli shamol kirib kelmoqda

'Shoshilinch axborot: O`zbekistonga sovuq havo va kuchli shamol kirib kelmoqda'ning rasmi

"O`zgidromet" joriy yilning 21-22 dekabrida O`zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlaridan nam va sovuq havo oqimlari kirib kelishi kutilayotgani haqida shoshilinch axborot berdi.

Qayd etilishicha, 21 dekabrda respublika hududlari bo`yicha shamol kuchayishi kutilmoqda:

Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Toshkent, Sirdaryo, Surxandaryo viloyatlarida 17-22 m/s gacha;

Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida 17-22 m/s gacha, ba`zi joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Ma`lumot uchun, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida kuchli shamollar kutilmaydi.

Eslatib o`tamiz, 21-22 dekabrda respublikaning ba`zi joylarida yomg`ir yog`adi, tog` oldi va tog`li hududlarida kuchli bo`lishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar