AsosiyJamiyat

"O`rikzor - Do`mbirobod..." 125-yo`nalishda harakatlanuvchi "Mercedez-Benz" yonib ketdi

'"O`rikzor - Do`mbirobod..."   125-yo`nalishda harakatlanuvchi "Mercedez-Benz" yonib ketdi'ning rasmi

Bugun, ertalab 07:50 da Toshkent shahar Uchtepa tumani "Farhod" ko`chasida "O`rikzor-Do`mbirobod" 125-yo`nalishda harakatlanib ketayotgan "Mercedez-Benz" rusumli avtobusda yong`in sodir bo`lgan. Bu to`g`risida tuman FV bo`limiga xabar kelib tushgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko`ra, shunga ko`ra 2 ta yong`in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 07:56 da etib borib, yong`in soat 08:00 da o`chirilgan.

Yong`in oqibatida avtobusning motor qismi yonib zararlangan.

Ma`lumotga ko`ra, hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo`lganlar yo`q.

Ta`kidlanishicha, hozirda mutaxassislar tomonidan yong`in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar