AsosiyJamiyat

Hokim yordamchilariga yangi vazifalar yuklatildi. Endilikda...

'Hokim yordamchilariga yangi vazifalar yuklatildi. Endilikda...'ning rasmi

 15 dekabr kuni “Tomorqadan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo`llab-quvvatlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qaror Prezident tomonidan imzolandi

Unga asosan, Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi mablag`lari hisobidan $100 mln ekvivalenti miqdoridagi qarz mablag`lari Fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalarini qo`llab-quvvatlash jamg`armasiga milliy valyutada yo`naltiriladi.

Ko`rsatilgan mablag`lar tijorat banklariga:

a) tomorqa er egalariga:

qoida tariqasida, 100 bosh parranda, 5-10 bosh kurka, 20 bosh quyon, 5-6 bosh qo`y va echki, 5 ta asalari uyasi, intensiv usulda baliq boqishni yo`lga qo`yish, shuningdek, ixcham issiqxonalar, “dala do`konlari” qurish, artezian quduqlarini qazish;kichik intensiv bog`dorchilik, limonchilik va uzumchilik;poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka etishtirish va sabzavotchilik uchun kredit ajratiladi;

b) tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta`minlash va kambag`allikni qisqartirish masalalari bo`yicha tuman (shahar) hokimi yordamchisining tavsiyasiga ko`ra, “Tomorqa xizmati” MChJlarga urug`lik va ko`chat, motokultivator va minitraktor, inkubator xarid qilish hamda aylanma mablag` uchun 300 mln so`mgacha garovsiz kredit ajratiladi;

v) etakchi tadbirkorlik sub`ektlariga aholi tomorqalarida qishloq xo`jaligi mahsulotlarini kooperasiya asosida etishtirish va etishtirilgan mahsulotlarni xarid qilish uchun aylanma mablag`larni to`ldirishga kreditlar ajratiladi.

Jamg`arma tomonidan 2026 yil 1 yanvarga qadar:

tomorqa er egalari bilan kooperasiya asosida ish tashkil etgan tadbirkorlik sub`ektlariga omborxonalarni jihozlash, shuningdek, quritish, saralash va qadoqlash uskunalari xarid qilish xarajatlarining 30%i miqdorida, biroq 150 mln so`mdan ortiq bo`lmagan hajmda subsidiya beriladi;

suv ta`minoti og`ir tomorqa erlari va foydalanishdan chiqqan maydonlarni sug`orish uchun vertikal sug`orish quduqlarini burg`ulash, daryolar, kanallar va boshqa suv ob`ektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va o`rnatish xarajatlarining bir qismi qoplanadi.

Ko`rsatilgan chora-tadbirlar uchun 2022 yilda Jamg`armaga Davlat byudjetidan 50 mlrd so`m ajratiladi.

    Boshqa yangiliklar