Angliya Premer-ligasi 18-turi doirasida bir nechta uchrashuvlari bo`lib o`tdi. Unda "Manchester Siti" klubi safarda "Nyukasl"ga qarshi maydonga tushdi.
Qiziqarli kechgan bahsda "shaharliklar" 4:0 hisobidagi ishonchli g`alabani qo`lga kiritdi. Bu bilan Xosep Gvardiola shogirdlari peshqadamlik mavqeini yanada mustahkamlab oldi.
"Chelsi" esa safarda "Vulverhempton" bilan golsiz durangga rozi bo`ldi. Tomas Tuxel shogirdlari avvalgi turda ham g`alaba qozona olishmagan edi.
APL. 18-tur
"Vulverhempton" – "Chelsi" - 0:0
"Nyukasl"– "Manchester Siti" - 0:4
Gollar: 0:1 – 5 Ruben Diash, 0:2 – 27 Joau Kanselu, 0:3 – 63 Mahrez, 0:4 – 86 Sterling.






