O`tgan hafta mobaynida respublikamiz hududida 142 ta yong`inlar qayd etilgan.
Turli sabablarga ko`ra sodir bo`lgan yong`inlarda 3 nafar fuqarolar tan jarohatlari olishgan. Ushbu yong`inlarda 579 mln. so`mdan ortiq qurilish konstruksiyalari va 670 mln. so`mga yaqin moddiy boyliklar yong`indan saqlab qolingan.
Andijon viloyati Asaka tumanida yashovchi Z.Raxmonovning xonadonida payvandlash ishlarini olib borishda yong`in xavfsizligi qoidalari talablarini buzilishi natijasida yong`in sodir bo`lib, uyning 25 kv.m. maydonda tom qismi va xovlisida turgan «Damas» rusumli avtomobili yonib zararlangan.
Xorazm viloyati Gurlan tumanida yashovchi fuqaro X.Ikramovning uyida yosh bolalarning sho`xligi oqibatida yong`in sodir bo`lib, molxonasining 70 kv. metr maydonda hamda qo`shnisining molxonasini 30 kv. metr maydonda tom qismlari yonib zararlangan.
Toshkent viloyati Chinoz tumanida yashovchi fuqaro M.Botirovning uyida elektr isitish moslamasidan foydalanilib, nazoratsiz qoldirilishi oqibatida yong`in sodir bo`lib, uyning 150 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.





