AsosiyJamiyat

Dunyo bo`yicha faqat Boysunda o`sadigan o`simlik Xalqaro Qizil ro`yxatga kiritildi

'Dunyo bo`yicha faqat Boysunda o`sadigan o`simlik Xalqaro Qizil ro`yxatga kiritildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti olimlari O`zbekiston florasining noyob vakili Moluccella bucharica(B. Fedtsch.) Ryding relikt va endemik turini Turlarni muhofaza qilish xalqaro Ittifoqining Qizil ro`yxatiga “butunlay yo`q bo`lib ketish arafasida” maqomi ostida kiritdilar.  Bu haqda O`zbekiston Fanlar akademiyasi xabar tarqatdi.

Ta`kidlanishicha, ushbu ish o`zbekistonlik botanik olimlar tomonidan kamyob turlarni xalqaro qizil ro`yxatga kiritilishi bo`yicha dastlabki natijasi hisoblanadi. Buxoro molusellasi dunyo bo`yicha faqatgina Surxondaryo viloyatining Boysun tumani hududida o`sadi. Yarim asr davomida tur populyasiyasi 79 foizga qisqarib ketgan. 

Bugungi kunda ushbu kamyob turning tabiatimizdagi umumiy soni 600 ga ham etmaydi. Olimlarning ta`kidlashicha, tur populyasiyasining qisqarib ketishida kuchli antropogen ta`sir va ekologiyaning keskin o`zgarib borayotganligi sabab bo`lmoqda. 

    Boshqa yangiliklar