AsosiyJamiyat

Koronavirus: O`zbekistonda yana 170 dan ziyod kishida infeksiya aniqlanib, 2 bemor vafot etdi

'Koronavirus: O`zbekistonda yana 170 dan ziyod kishida infeksiya aniqlanib, 2 bemor vafot etdi'ning rasmi

SSV bergan ma`lumotga ko`ra, 2021 yil 18 dekabr holatiga  O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 197074 (+174) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 12 nafari Andijon viloyatida,
  • 14 nafari Buxoro viloyatida,
  • 5 nafari Jizzax viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 5 nafari Namangan viloyatida,
  • 19 nafari Samarqand viloyatida,
  • 1 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 6 nafari Farg`ona viloyatida,
  • 9 nafari Xorazm viloyatida,
  • 42 nafari Toshkent viloyatida,
  • 59 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Andijon viloyatida 10 nafar,
  • Buxoro viloyatida 12 nafar,
  • Jizzax viloyatida 10 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 3 nafar,
  • Namangan viloyatida 4 nafar,
  • Samarqand viloyatida 22 nafar,  
  • Sirdaryo viloyatida 4 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 2 nafar,
  • Farg`ona viloyatida 9 nafar,
  • Xorazm viloyatida 14 nafar,  
  • Toshkent viloyatida 32 nafar,
  • Toshkent shahrida 86 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 193917 (+208) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

 

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1458 nafarni tashkil qildi.

 

    Boshqa yangiliklar