2021 yil 17 dekabr kuni soat 20:00 larda Farg`ona viloyati Bojxona boshqarmasi hamda YHXB xodimlari hamkorligida ma`lumot asosida, "Vodil-Farg`ona-Oltiariq" yo`nalishida harakatlanayotgan haydovchi F.A. boshqaruvidagi "Damas" rusumli avtomobil ortidan kuzatilgan.
Haydovchi Oltiariq tumanidagi xonadonlarning biriga kelib to`xtagan. Xolis va guvohlar ishtirokidagi tekshiruv jarayonida, avtomobil salonida, xorijda ishlab chiqarilgan 1630 dona "Zolotoy pesok" nomli pirotexnika vositalari mavjudligi aniqlangan va holat o`rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.






