Braziliyalik afsonaviy futbolchi Ronaldo Braziliyadagi "Kruzeyro" klubini asosiy aksiyalar paketini sotib oldi. Bu haqda Itatata xabar berdi.
Qayd etilishicha, "so`yloq" (laqabi) klubning 90% aksiyasini 400 mln real (70.2 million dollar)ga sotib oldi. Ushbu mablag` orqali klubning qarzlarini yopishga sarflanadi. Yozda klub moliyaviy muammolar tufayli o`z faoliyatini to`xtatish mumkinligi borasida ma`lumotlar paydo bo`lgandi.
Eslatib o`tamiz, Ronaldo 1993-1994 yilda aynan "Kruzeyro" klubida to`p surgan.






