2024 yildan Millatlar Ligasida Janubiy Amerika terma jamoalari ham ishtirok etishni boshlaydi. Bu haqda UEFA vise-prezidenti ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, Millatlar Ligasiga Janubiy Amerikaning 10 mamlakati qo`shiladi. Jumladan, Argentina, Braziliya, Kolumbiya, Urugvay va Chili A ligasida to`p suradi. B ligadan esa Ekvador, Paragvay va Venesuela terma jamoalari o`rin oladi.
"Bu hozirgi formatdagi so`nggi musobaqa bo`ladi. Biz KONMEBOL vakillari bilan uchrashuv o`tkazdik va 2024 yildan boshlab turnirga Janubiy Amerika terma jamoalari ham qo`shiladi.Musobaqani yanada qiziqarli qilish ustida ishlayapmiz", - dedi Bonek.






