AsosiySport

Sinxron suzish bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi xalqaro turnirda kumush medalga sazovor bo`ldi

'Sinxron suzish bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi xalqaro turnirda kumush medalga sazovor bo`ldi'ning rasmi

Shu kunlarda Tatariston poytaxti Qozon shahrida sinxron suzish bo`yicha Svetlana Romashina kubogi uchun xalqaro turnir o`tkazilmoqda.

2006-2008-yillarda tavallud topgan sportchilar o`rtasida tashkil etilgan mazkur musobaqada Rossiya, O`zbekiston, Turkiya, Chexiya, Serbiya kabi qator davlatlardan kelgan sportchilar sovrinli o`rinlar uchun bahs yuritishyapti.

Dastlabki kungi musobaqalar yakuniga ko`ra mamlakatimiz terma jamoasi 2-o`rinni egalladi. 1-o`rinni esa mezbon Tatariston Respublikasi jamoasi band etgan bo`lsa, kuchli uchlikka Donesk viloyati vakillari yakun yasashdi.

Eslatib o`tamiz, mamlakatimiz o`smirlar terma jamoasi ushbu turnirda solo, duet, jamoaviy va kombo musobaqalarida ishtirok etishmoqda.

Boshqa yangiliklar