Toshkent shahridagi banklardan birining xodimlari kechki inkassasiya va ekspertiza davomida 2 evrolik 2.470 dona jami 4.940 evro qiymatidagi qalbaki tangalarni aniqladilar. Bank ishchilari darhol Toshkent shahar IIBBga ariza bilan murojaat qildilar.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tezkor-qidiruv tadbirlari davomida 41 yoshli M.B. 59.280.000 so`mga valyuta operasiyalarini amalga oshirganini aniqladilar. Qalbaki tangalarni 31 yoshli J.M.dan xarid qilgani ma`lum bo`ldi.
Mazkur fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi bo`yicha (“Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni o`tkazish”) jinoyat ishi qo`zg`atildi. Eslatib o`tamiz, ushbu jinoyat uchun besh yildan o`n yilgacha ozodlikdan mahmur etish nazarda tutilgan.






