AsosiyJamiyat

“Sharg`unko`mir” AJ xodimlariga nega oylik ish haqlari berilmaganligiga aniqlik kiritildi

'“Sharg`unko`mir” AJ xodimlariga nega oylik ish haqlari berilmaganligiga aniqlik kiritildi'ning rasmi

 Ijtimoiy tarmoqda “Sharg`unko`mir” AJ xodimlariga oylik ish haqlari berilmaganligi bayon qilingan xabar bo`yicha Surxondaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o`rganish o`tkazildi.

Aniqlanishicha, 2021-yil 15-dekabr holatiga ko`ra “Sharg`unko`mir” AJ rahbariyati tomonidan xodimlarga 2,5 mlrd so`m miqdorida oylik ish haqlari to`lab berilmaganligi aniqlandi.

 Yuqoridagilarga asosan, Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan “Sharg`unko`mir” AJ rahbariyatiga fuqarolarning to`lanmay qolgan maoshlarini berish bo`yicha yozma ko`rsatma kiritildi hamda xodimlarning ish haqlarini o`z vaqtida to`lashda Mehnat kodeksining 154,161-moddalari talablariga rioya qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar