AsosiyJamiyat

COVID-19 ga qarshi yangi dori vositasi ishlab chiqariladi

'COVID-19 ga qarshi yangi dori vositasi ishlab chiqariladi'ning rasmi

Evropa tibbiyot agentligi “Xevudy” preparatini tasdiqladi, deya yozmoqda "Zamon" nashri.

European Medicines Agency tomonidan berilgan bayonotda aytilishicha, GlaxoSmithKline va Vir Biotechnolog kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan "Xevudy" preparati 12 yoshdan oshgan va 40 kilogrammdan og`ir bo`lgan bemorlarda qo`llanilishi mumkin.

Bundan tashqari, uni kasallik kuchayishi xavfi va kislorodli terapiyaga muhtoj bo`lmagan bemorlarda ham qo`llash kerakligi ta`kidlangan.
Ushbu ma`qullash bilan EMA noyabr oyida tasdiqlangan Regkirona va Ronapreve'dan keyin COVID-19 ni davolash uchun uchinchi dorini tavsiya qildi.

Avvalroq olimlar tomonidan koronovirusning tarqalishini oldini oluvchi saqich yaratilganligi xabar qilingandi.

Shuningdek, Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti dunyoda COVID-19ga qarshi emlash uchun shprislar global tanqisligi yuzaga kelishi mumkinligini ma`lum qilgan.

    Boshqa yangiliklar