AsosiyJamiyat

O`zbekistonda er silkinishi sodir bo`ldi

'O`zbekistonda er silkinishi sodir bo`ldi'ning rasmi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qilishicha, bugun, 18 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 10:42 da (18.12.2021 yil, Grinvich bo`yicha 05:42 da) Tojikiston-Qirg`iziston chegarasida zilzila sodir bo`ldi. Zilzila koordinatalari: 40,09 gradus shimoliy kenglik; 70,09 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,6. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentri Toshkentdan 150 km janubiy-sharqda.

O`zbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi:

Beshariq tumanida 3 ball, 49 km.

O`zbekiston tumanida 2-3 ball, 72 km.

Bekobod shahrida 2-3 ball, 72 km.

Furqat tumanida 2-3 ball, 73 km.

So`x tumanida 2 ball, 83 km.

Bekobod tumanida 2 ball, 83 km.

Shirin shahrida 2 ball, 84 km.

Qo`qon shahrida 2 ball, 87 km.

Dang`ara tumanida 2 ball, 89 kmni tashkil etdi. 

    Boshqa yangiliklar