AsosiyJamiyat

Toshkentda fuqaroga elektr energiyasi uchun hisoblangan 1,75 mlrd. so`m qarzdorlik asossiz bo`lib chiqdi

'Toshkentda fuqaroga elektr energiyasi uchun hisoblangan 1,75 mlrd. so`m qarzdorlik asossiz bo`lib chiqdi'ning rasmi

Elektr ta`minoti korxonasi tomonidan Toshkent shahar, Yunusobod tumanidagi tadbirkor “D S S” MChJga 1,75 mlrd. so`m qarzdorlik hisoblangan.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, aslida MChJga elektr tarmog`iga ulanishga ruxsat berilgan, ammo oradan 4 oy o`tishiga qaramay, transformator va elektr energiyasini hisobga olish uskunasi plombalanmagan hamda ro`yxatga olinmaganligidan ushbu qarzdorlik kelib chiqqan.

Elektr energiyasidan foydalanish Qoidalari talablariga ko`ra, elektr energiyasini hisobga olish asboblarini o`rnatish, ro`yxatga olish va plombalash ishlari elektr tarmoqlari korxonasining hududiy tuzilmalari mablag`lari hisobidan amalga oshirilishi belgilangan.

Biroq elektr tarmoqlari korxonasi zimmasiga yuklatilgan vazifasini bajarmaydi va tadbirkorga asossiz ravishda 1,75 mlrd so`m qarzdorlik hisoblaydi.

Qo`mita tomonidan “Toshkent ETK” AJga nisbatan ish qo`zg`atilib, “D S S” MChJga asossiz deb topilgan qarzni hisobdan chiqarish to`g`risida qaror qabul qilindi. Mazkur ish bo`yicha elektr tarmoq korxonasining shikoyati Sud tomonidan ko`rib chiqilib, rad qilindi va Qo`mitaning qarori, ko`rsatmasi o`z kuchida qoldirildi hamda tadbirkorning manfaatlari himoya qilinishi ta`minlandi.

Ma`lumot uchun, 2021 yilning o`tgan davrida Qo`mita tomonidan tadbirkorlarning 44 mingga yaqin murojaati ko`rib chiqilib, 162,14 mlrd so`mga yaqin mablag` ularning foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.

    Boshqa yangiliklar