AsosiySport

Professional boksda debyut qilgan Dilshodbek Ro`zmetov Rossiyalik Maksim Smirnovni mag`lubiyatga uchratdi

'Professional boksda debyut qilgan Dilshodbek Ro`zmetov Rossiyalik Maksim Smirnovni mag`lubiyatga uchratdi'ning rasmi

Bugun, 17 dekabr kuni “Matchroom Boxing” kompaniyasi tomonidan Toshkentda tashkil etilgan professional boks oqshomi bo`lib o`tmoqda. Dastlabki jangda prof boksda debyut qilayotgan Dilshodbek Ro`zmetov Rossiyalik Maksim Smirnovni mag`lubiyatga uchratdi. 6 raund davom etgan bahsda barcha hakamlar Ro`zmetovning g`alabasini qayd etishdi.

Kechaning markaziy jangida Isroil Madrimov (7-0-0) fransiyalik Mishel Soroga (35-2-1) qarshi bahs olib boradi. Ayni paytda Mishel Soro WBA reytingida birinchi, Isroil Madrimov esa 2-pog`onani egallab turibdi. G`olib bokschi chempionlik jangi uchun majburiy da`vogarga aylanadi.

Shuningdek, oqshom doirasida Shahram G`iyosov (11-0-0), Hasanboy Do`smatov (3-0-0), Bektemir Meliqo`ziev (7-1-1), Iqboljon Xoldorov (1-0-0), Elnur Abduraimov (7-0-0) ringga ko`tariladi.

Isroil Madrimov – Mishel Soro (35-2-1 24 KO)

Shahram G`iyosov – Kristian Koria (29-8-2, 13 KO)

Hasanboy Do`smatov – Hose Rivas (18-12-4, 10 KO)

Bektemir Meliqo`ziev – Sergey Ekimov (18-3, 9 KO)

Iqboljon Xoldarov – Dimitriy Miliusha (9-5-1, 4 KO)

Elnur Abduraimov – Jon Gemino (22-12-1, 12 KO)

    Boshqa yangiliklar