AsosiyJamiyat

Milliy gvardiya Qo`riqlash bosh boshqarmasiga tegishli yangi nizom tasdiqlandi

'Milliy gvardiya Qo`riqlash bosh boshqarmasiga tegishli yangi nizom tasdiqlandi'ning rasmi

Hukumatning tegishli qarori bilan Milliy gvardiya Qo`riqlash bosh boshqarmasining harbiylashtirilgan soqchilik bo`linmalari va qorovullik bo`linmalari to`g`risidagi nizom tasdiqlandi

 Nizomga ko`ra, harbiylashtirilgan soqchilik bo`linmalari va qorovullik bo`linmalari toifalangan ob`ektlarni, davlat boshqaruvi organlari va xo`jalik birlashmalari, jismoniy va yuridik shaxslarning ob`ektlarini, ularning mol-mulkini qo`riqlash uchun tashkil etiladi.

Ular tomonidan quyidagi xizmatlar ko`rsatiladi:

 harbiylashtirilgan soqchilik bo`linmalari tomonidan:

● ob`ekt yoki uning bir qismini qo`zg`almas post orqali qo`riqlash va xavfsizligini ta`minlash;

● piyoda yoki transport vositasida, shuningdek, boshqa vositalarda muayyan hududdagi ob`ektlarni yoki ularning hududlarini yo`nalish bo`ylab qo`riqlash;

qorovullik bo`linmalari tomonidan – qo`zg`almas post orqali ob`ekt yoki uning bir qismini qo`riqlash va xavfsizligini ta`minlash.

Harbiylashtirilgan soqchilik bo`linmalari va qorovullik bo`linmalariga ishga ixtiyoriy tartibda, tanlov asosida, belgilangan talablarga javob beradigan 18 yoshdan 25 yoshgacha bo`lgan (qorovullik bo`linmalariga nomzodlar bundan mustasno) O`zbekiston fuqarolari qabul qilinadi.

 Fuqarolar kamida umumiy o`rta yoki o`rta maxsus ma`lumotga ega, sog`lig`ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo`yicha xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo`lishi lozim.

Erkak nomzodlar Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni o`tagan bo`lishi kerak.

 Mazkur bo`linmalar boshliqlar tarkibiga Milliy gvardiya va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarda xizmat qilib, nafaqaga bo`shagan nomzodlar suhbat asosida, jismoniy tayyorgarligi va salomatligi holatiga ko`ra ishga qabul qilinishi mumkin.  

 Nizomga ko`ra, harbiylashtirilgan soqchilik bo`linmalari va qorovullik bo`linmalari shaxsiy tarkibi bilan maxsus dasturlar asosida quyidagi tartibda xizmat va jangovar tayyorgarlik mashg`ulotlari o`tkaziladi:

●  harbiylashtirilgan soqchilik bo`linmalarida – oyiga 8 soat (o`quv yilida 80 soat);  

●  qorovullik bo`linmalarida – oyiga 4 soat (o`quv yilida 40 soat).  

    Boshqa yangiliklar