AsosiyJamiyat

Toshkentda hokim maoshi kechiktirilayotganligidan shikoyat qilgan Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari bilan yuzma-yuz muloqot o`tkazdi

'Toshkentda hokim maoshi kechiktirilayotganligidan shikoyat qilgan Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari bilan yuzma-yuz muloqot o`tkazdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumanida Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlariga maosh to`lash kechiktirilayotganligi haqidagi xabarlar chop etildi.

Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarining maosh masalasiga bildirilgan e`tirozlari yuzasidan tuman hokimi Shavkat Mavlonov xodimlar bilan yuzma-yuz muloqot o`tkazdi. Bu haqda tuman Matbuot xizmati xabar berdi.

 " Muloqot jarayonida ishchi xodimlarning dekabr oyi avans maoshlari kechiktirilayotganligi ma`lum bo`ldi. Tuman moliya bo`limi tomonidan bildirilgan izohga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 04.01.2021 yildagi 1-son va Toshkent shahar Moliya bosh boshqarmasining 06.02.2021 yildagi 41-sonli buyruqlariga ko`ra, mahalliy byudjetdan moliyalashtiriladigan 1-darajali maosh oylik to`lovlari har oyning 20 sanasiga qadar to`liq moliyalashtirilishi mumkinligi asos qilindi.

Shunday bo`lsada, muloqot jarayonida tuman Moliya bo`limi tomonidan ishchi xodimlarga tegishli mablag`lar “Ipoteka” banki Chilonzor filialiga o`tkazildi, bank tomonidan esa xodimlarning plastik kartalariga soat 12:00da o`tkazib berildi. Bundan tashqari, tuman hokimi tomonidan ishchi xizmatchilarning qo`shimcha takliflari inobatga olinib:

— Boshqarma xodimlarini kiyinish xonasi bilan ta`minlash taklifi loyihasini ishlab chiqish tuman hokimining o`rinbosari A.Axmedovga;

— xodimlarning faoliyatiga aloqador avtoulov masalasini o`rganib chiqib, echimi borasida taklif kiritish tuman hokimining o`rinbosari N.Abduraxmanov, tuman moliya mudiri J.Xodjimanov va tuman Obodonlashtirish boshqarmasi rahbari A.Nurmuhammedovlarga;

— ish mehnatiga qo`llaniladigan yagona tarif 3-razryad bo`yicha berilayotgan maoshni qayta hisoblash, moddiy rag`batlantirish, maxsus rag`batlantirish fondi hisobidan takliflarini ishlab chiqish tuman hokimining o`rinbosari N.Abduraxmanov, tuman moliya mudiri J.Xodjimanov va tuman Obodonlashtirish boshqarmasi bosh hisobchisi G.Kuatbaevalarga yuklatildi.

Bundan tashqari, muloqot jarayonida Chilonzor tumani hokimi Shavkat Mavlonov boshqarmaning barcha xodimlariga kelgusidagi ish faoliyatlariga aloqador har qanday masalalar yuzasidan tuman hokimligida haftaning dushanbadan-jumagacha (kech soat 17-00dan) tashkil qilingan fuqarolar qabulxonasiga murojaat qilishlari mumkinligini ta`kidlab o`tdi", - deyladi munosabatda.

 

    Boshqa yangiliklar