AsosiyJamiyat

Koreya-O`zbekiston biznes uyushmasi vise-prezidenti “Do`stlik” ordeni bilan taqdirlandi

'Koreya-O`zbekiston biznes uyushmasi vise-prezidenti “Do`stlik” ordeni bilan taqdirlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 27 avgustdagi PF-6303-sonli Farmoniga muvofiq, Koreya - O`zbekiston biznes uyushmasi (KO`BU) vise-prezidenti Kim Chang Keon O`zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o`rtasida ikki tomonlama aloqalarni o`rnatish va hamkorlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun “Do`stlik” ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda O`zbekiston Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Faxriy mukofot 16 dekabr kuni Seul shahrida O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari - investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov tomonidan topshirildi.

Taqdirlash marosimida orden ikki mamlakatning ko`p qirrali hamkorligini chuqurlashtirish, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, shuningdek, fan-texnika, madaniyat va gumanitar sohalardagi munosabatlarni faollashtirish, O`zbekistonning xalqaro maydondagi tashabbuslarini qo`llab-quvvatlash hamda Koreya va O`zbekiston xalqlari o`rtasida do`stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga qo`shilayotgan ulkan hissaning yuksak e`tirofi sifatida topshirilayotganligi ta`kidlandi.

Kim Chang Keon O`zbekiston-Koreya hamkorligini rivojlantirishdagi roli yuqori baholangani uchun minnatdorlik bildirib, ushbu mukofot Assosiasiya faoliyatini yanada faollashtirishga rag`bat bo`lib xizmat qilishini, shuningdek, kelishilgan dastur va loyihalarni amalga oshirish va ikki mamlakat ishbilarmon doiralarini o`zaro yanada yaqinlashtirishga qaratilgan yangi tashabbuslar ustida birgalikda ish olib borishga sodiqligini ta`kidladi.

    Boshqa yangiliklar