AsosiyJamiyat

Navoiyda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bo`yicha aholi qaytadan xatlovdan o`tkaziladi

'Navoiyda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bo`yicha aholi qaytadan xatlovdan o`tkaziladi'ning rasmi

Ayni daqiqalarda o`z nutqini davom ettirayotgan Navoiy viloyati hokimi v.b. Normat Tursunov o`z murojaatnomasida aholining ehtiyojmand qatlami masalasiga ham alohida to`xtalib o`tdi, deya xabar bermoqda “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.

Hokim viloyatda “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”dan asossiz chiqarib yuborilayotgan holatlar bo`layotganini, raqamlar ortidan quvilib, “tezroq daftarlardan chiqarish kerak” degan topshiriq va tamoyillar asosida ishlanganini ham tan olib, endi bu kabi holatlar viloyatda bo`lmasligi, keyingi yildan ehtiyojmandlar qaytadan xatlovdan o`tkazilishini ma`lum qildi.

Bu mutlaqo noto`g`ri. Ish tartibini o`zgartiramiz. Mazkur daftarlardagi aholining turmush darajasi qachonkiyaxshilanganini bilgach, shundan so`ng ularni ushbu daftarlardan chiqarish maqsadga muvofiq, deb hisoblayman”, dedi u.

Murojaatnomada keltirlishicha, joriy yilda "Temir daftar"ga kiritilgan 19 378 ta oilaga hamda "Yoshlar daftari" va "Ayollar daftari"ga kiritilgan jami 48 ming nafardan ziyod fuqarolarga mahalliy byudjetdan 33,7 mlrd. so`m mablag` ajratilgan.

Shuningdek, Normat Tursunov ehtiyojmand oilalarga 10 yil muddatga ijaraga berilayotgan ekin maydonlarining “tanish-bilishchilik” bo`lib ketmasligi, o`z haqdor egalariga etib borishida xolis ko`makchi bo`lishlarini so`rab, viloyat, tuman va shahar deputatlaridan yordam so`radi.

    Boshqa yangiliklar