AsosiyJamiyat

"Bitta mashinaga ikkita "nomer". Andijondagi holat bo`yicha surishtiruv boshlandi

'"Bitta mashinaga ikkita "nomer". Andijondagi holat bo`yicha surishtiruv boshlandi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda "Huquqni muhofaza qiluvchi organlar armiyaga ketmadimi? Bu nima ahvol. Bitta mashinaga ikkita nomer. Kim bilsin niyati qanday bularni" izohi keltirilgan video tarqaldi.

Videoda "Lacetti" rusumli, 60X010RA davlat raqam belgili avtomobilning orqa tomonida o`rnatilgan belgining ustida boshqa belgi va raqamli davlat raqam belgisi noma`lum fuqaro tomonidan echib olinayotganligi aks etgan.

Video yuzasidan Andijon viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borildi, deya xabar qilmoqda IIV YHXBB Matbuot xizmati. 

Surishtiruvda mazkur avtomobilning yon old va orqa oynalari tusini qoraytirish uchun ruxsatnoma mavjudligi, lekin, old yon oynasining yorug`lik o`tkazuvchanligi belgilangan me`yordan kamligi (20%) ma`lum bo`lgan. 

Shunga ko`ra, haydovchi B.A.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 126-moddasi 2-qismi tartibida (2021 yil iyul oyida ushbu qoidabuzarlik bo`yicha chora ko`rilgan) bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo`yildi.

 Videoda aks etgan holat — bir avtomobilga ikki xil davlat raqam belgisi o`rnatilganligi bo`yicha qo`shimcha surishtiruv olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar