AsosiyDunyo

Tizimli dezinformasiya kampaniyalariga qarshi kurashish juda muhim — Fahrettin Altun

'Tizimli dezinformasiya kampaniyalariga qarshi kurashish juda muhim — Fahrettin Altun'ning rasmi

Turkiya Prezidenti devoni Axborot-kommunikasiyalar boshqarmasi tomonidan Haliç Kongress markazida uyushtirilgan Xalqaro Strategik Aloqa Sammiti Prezident devoni Axborot-kommunikasiyalar boshqarmasi rahbari Fahrettin Altunning yakuniy nutqi bilan yakunlandi.

Fahrettin Altun o`z nutqida strategik aloqa imkoniyatlaridan to`liq foydalanish va tizimli dezinformasiya kampaniyalariga qarshi kurashish juda muhim ekanligini ta`kidladi. 

Ikki kun davom etgan sammitda juda samarali natijalarga erishilgani, turli fikr va istiqbollar mushtarak asosda muhokama qilinganini ifoda etgan Altun, sammit davomida aniq hamkorlik takliflari olinganini va sammit muhim bir boshlanish nuqtasi bo`lib xizmat qilishini bildirdi.

"Umumiy jihatlarimiz mavjud ekaniga guvoh bo`ldim. Ehtimol bu bizning eng muhim yutug`imiz bo`lsa kerak. Barcha sohalarda duch kelgan muammolar bilan bir qatorda imkoniyatlarimizni ham ko`rib chiqdik. Bu imkoniyatlarni qanday diversifikasiya qilishimiz mumkinligiga e`tibor qaratdik" deya ta`kidladi u.

Yangi aloqa texnologiyalari turli mamlakatlardan misollar bilan muhokama qilinganini tilga olgan Altun, quyidagi baholarni berdi:

"Biz yangi kommunikasiya texnologiyalarining muhim boyitish jihatlari bo`lsa-da, tizimli dezinformasiya manbai sifatida zamonaviy demokratik davlatlarga salbiy ta`sir ko`rsatishini ta`kidladik. Yangi kommunikasiya texnologiyalari va ular taklif qilayotgan aloqa vositalari nafrat muhitining tarqalishi va nafratlanish ta`sirida jinoyatlar paydo bo`lishiga xizmat qilmoqda. Irqchilik va islomofobiya kabi salbiy tendensiyalarning kuchayishiga sabab bo`lmoqda va barchamiz bundan aziyat chekayotganimiz kundek ravshan. Yangi media, yangi kommunikasiya texnologiyalari va ular bilan hayotimizga kirib kelayotgan yangi madaniy voqe`liklar qarshisida huquqiy mexanizmlardan demokratik asosda foydalangan holda bir qator tartibga solish ishlari zarurligini anglab etdik. Albatta, demokratiyani, muzokara madaniyati va jamoat maydonini himoya qilish eng ustuvor maqsadlarimizdan biri. Shu nuqtai nazardan, strategik aloqa imkoniyatlaridan to`liq foydalanish va aytib o`tilgan tizimli dezinformasion kampaniyalarga qarshi kurashish juda dolzarblik kasb etadi. Bu borada aniq bir doira belgilab olinganini ko`rdik”.

Prezident Rajap Tayyip Erdog`anning kechagi ochilish nutqida, "Hozirgi bosqichda dezinformasiya nafaqat milliy xavfsizlik masalasi, balki global xavfsizlik masalasiga aylandi" degan so`zlarini eslab o`tgan Altun sammitda buning aniq misollarini ko`rganligini va sammit ana shunday muammolarga global echim topish uchun manba yaratishiga umid qilishini ifoda etdi.

“1990-yillarda internet global miqyosda jamiyatlar kun tartibiga kira boshlaganida interning boyituvchi, ko`paytiruvchi markazdan qochadigan strukturasi tufayli asosan demokratiyaga xizmat qiluvchi jihati birinchi o`ringa chiqishni va shu jihatlari bilan birga muhokama qilinishni boshladi. Ammo, bugungi kunga kelib, biz uning oqibatlarini ushbu xususiyatlardan ko`ra ko`proq halokatli ekanligini his qila boshlaymiz. Buning global pandemiya muhitida yanada aniqroq his qilmoqdamiz. Umid qilamanki, yangi media vositalaridan yangi media imkoniyatlarini imkon qadar tezroq erkinlashtiruvchi va qirralashtiruvchi bir tarzda foydalanish imkoniyatiga ega bo`lamiz.” deya yakunladi o`z nutqini Altun.  

Yopilish dasturida TRT Bosh direktori Mehmet Zohid Sobaji va Anadolu agentligi bosh direktori Serdar Karag`oz ham ishtirok etdi.

    Boshqa yangiliklar