AsosiyJamiyat

“PIA” aviakompaniyasi O`zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni yo`lga qo`yadi

'“PIA” aviakompaniyasi O`zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni yo`lga qo`yadi'ning rasmi

Ushbu masala O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligida Pokiston Islom Respublikasining O`zbekistondagi elchixonasi vakillari hamda “PIA” aviakompaniyasi rahbariyati ishtirokida o`tkazilgan uchrashuvda muhokama etilgan.

Bu haqda xabar bergan vazirlikning Axborot xizmatiga ko`ra, uchrashuv davomida har ikki tomon vakillari mamlakatlar o`rtasida fuqaro aviasiyasi sohasidagi hamkorlik aloqalarining rivojlanishi O`zbekiston va Pokiston manfaatlariga birdek mos kelishini alohida ta`kidlab o`tgan.  

Shuningdek, “PIA” aviakompaniyasining O`zbekistondagi vakili Muhammad Vakkos Islomobod – Toshkent va Karachi – Toshkent yo`nalishida muntazam aviaqatnovlarni yo`lga qo`yish bo`yicha rejalari bilan o`rtoqlashgan. Ma`lum qilinishicha, aviakompaniya ushbu yo`nalishlarda parvozlarni 2022 yil yanvar oyidan yo`lga qo`yish niyatida.

Uchrashuv yakunida tomonlar belgilangan yo`nalishlarda muntazam parvozlarni yo`lga qo`yish yuzasidan hamkorlikda ishlarni davom ettirishga kelishib oldi.

    Boshqa yangiliklar