AsosiyJamiyat

Rossiyada ishlash istagida bo`lganlarga ajoyib yangilik e`lon qilindi

'Rossiyada ishlash istagida bo`lganlarga ajoyib yangilik e`lon qilindi'ning rasmi

Rossiyada ishlash istagida bo`lgan fuqarolar diqqatiga 10 mingta bo`sh ish o`rinlari taklif etilmoqda.

Tashqi mehnat migrasiyasi ma`lumotiga ko`ra, ushbu ish o`rinlari Moskva, Sankt-Peterburg shaharlari, Amur, Novosibirsk, Kaluga, Tula, Murmansk, Kaliningrad, Moskva viloyatlari hamda Krasnodar o`lkasida joylashgan.

Ma`lumot uchun, fuqarolar nomiga Rossiya Federasiyasida ishlash huquqini beruvchi patent O`zbekistonda rasmiylashtiriladi. Nomzodlar uchun xorijga chiqish pasportini esa tezlashtirilgan tartibda tayyorlab berish ta`minlanadi.

Oylik maosh ish hajmiga qarab, 40 ming rubldan boshlanishi aytiladi.

Ro`yxatdan o`tish

Quyida bo`sh ish o`rinlari bo`yicha tanlov o`tkaziladigan sana va hududlar bilan tanishing:

16 dekabr soat 11:00 da:

- Andijon viloyati

Andijon sh., Bobur sh. ko`ch., 4-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi (Mo`ljal: Sobiq afg`on bog`i ro`parasi, Transport kolleji).

 95 202-33-55;

- Buxoro viloyati

Buxoro sh., Piridastgir ko`ch,. 13-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi.

65 226-56-99, 99 708-49-98.

- Jizzax viloyati

 Jizzax sh., Jizzaxlik MFY, Sh.Rashidov sh., ko`ch., 44-uy "Ishga marhamat" monomarkazi (Mo`ljal: 1-sonli notarial idora, San`at kolleji).  

 72-223-90-66, 72-223-90-65.

-  Qashqadaryo viloyati

 Qarshi sh., A.Navoiy ko`ch., 70a-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi (Mo`ljal: Oydin bozori ro`parasi).  

 55 401-61-69, 97 293-27-52, 97 770-04-92.

- Toshkent viloyati

 Oqqo`rg`on t., Tolovul MFY, Oybek ko`ch., "Ishga marhamat" monomarkazi (Mo`ljal: Eski Qizil tom kolleji)

 70 202-06-20, 99 823-73-15.

 17 dekabr soat 11:00 da:

- Namangan viloyati

 Namangan sh., Nodira ko`ch., 3-uy. Viloyat mehnat boshqarmasi binosi.

 69 227-94-64, 69 227-97-27.

-  Navoiy viloyati

 Karmana t., Tolqoq, 10-uy. Kunlik ish markazi.

 79 224-11-60.

    Boshqa yangiliklar