DXAda tayinlov amalga oshirildi.
Endilikda Zufarov Ulug`bek Anvarovich Davlat xizmatlari agentligi Davlat xizmatlari markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo`limi boshlig`i sifatida faoliyat olib boradi.
Qayd etilishicha, U. Zufarov shu kunga qadar Davlat xizmatlari agentligi tizimida davlat xizmatlarini ko`rsatish ustidan nazorat qilish boshqarmasi Davlat xizmatlari markazlari filiallari faoliyatini tashkil etish sho``basi bosh maslahatchisi lavozimida ishlab kelgan.
Zufarovning yangi lavozimida avval Mullajonov Murodjon Muxsinjonovich faoliyat yuritgan bo`lib, endi u Davlat xizmatlari agentligi Ichki audit va korrupsiyaga qarshi kurashish bo`limi boshlig`i lavozimiga tayinlangan.






