2021 yil 16 dekabrdan boshlab poytaxt hududida tashkillashtiriladigan «Yangi yil» va «Prezident archasi» bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish davrida yirik savdo va ko`ngilochar majmualarida favqulodda vaziyat (yong`in)larni oldini olish, jamoat tartibini saqlash va aholi xavfsizligini ta`minlash maqsadida, Toshkent shahar hokimiyati, prokuraturasi, IIBB, Favqulodda vaziyatlar, Milliy gvardiya va Davlat soliq boshqarmalari vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan turli ko`ngilsiz holatlarni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar amalga oshiriladi.






