Belarus poytaxti Minsk shahrida taekvondo ITF bo`yicha 14-17 yoshlilar hamda faxriylar o`rtasida o`tayotgan jahon chempionatida mamlakatimiz sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
E`tiborlisi, faxriylar o`rtasida o`tkazilgan yakkalik bahslarida hamyurtimiz Muzaffar Zoitov oltin medalga sazovor bo`ldi.
Shuningdek, sportchilarimiz 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo`lga kiritdi. Nufuzli musobaqaning jamoaviy bahslarida 14-17 yoshli taekvondochilarimiz ham kumush medal egasiga aylandi, deya xabar bermoqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati.
Bugun, 15 dekabr kuni taekvondochilarimiz yakkalik va jamoaviy massogi yo`nalishlarida g`oliblik uchun kurashga kirishadi.






