Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, Parkent tumanida yuk avtomobili ishtirokida sodir bo`lgan YTH bo`yicha YHXBB qo`yidagi ma`lumotlarni berdi.
️Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 2021 yil 15 dekabr kuni soat 16:00 larda, Toshkent viloyati, Parkent tumani hududidan o`tgan 4R-15 "Qiziltog`-Parkent-Yangibozor" avtomobil yo`lining 56-kilometrida haydovchi, 1998 yilda tug`ilgan J.N. "Howo" rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotib burilishda boshqaruvni yo`qotgan va transport vositasi ag`darilgan. Ag`darilishi jarayonida yo`l chetida to`xtab turgan "Lacetti" va "Spark" rusumli avtomobillarga texnik shikast etgan (avtomobil salonida fuqarolar bo`lmagan).
YTH natijasida haydovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatilgan.
️Mazkur YTH yuzasidan Parkent tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.






