AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 15 dekabrga qadar is gazidan zaharlanish hamda gaz portlashi tufayli 125 kishi vafot etdi — FVV

'O`zbekistonda 15 dekabrga qadar is gazidan zaharlanish hamda gaz portlashi tufayli 125 kishi vafot etdi — FVV'ning rasmi

2021 yil 15 dekabrga qadar O`zbekistonda is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi chaqnashi tufayli 125 kishi vafot etgan, 115 kishi jabrlangan. Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati rahbari Murod Sodiqov ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilda (15 dekabrga qadar) is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi chaqnashi bilan bog`liq 213 ta holat qayd etilgan. Ularning 66 tasi favqulodda vaziyat sifatida ro`yxatga olinib, hodisalar oqibatda 125 kishi vafot etgan va 115 kishi jabrlangan.

Is gazidan zaharlanish asosan ushbu sabablarga ko`ra yuzaga kelmoqda:

- gaz va muqobil yoqilg`i (ko`mir, o`tin va boshqa) turlaridan foydalanishda xavfsizlik choralariga rioya etmaslik;

-nostandart (qo`lbola yasalgan) isitish pechlari va anjomlaridan foydalanish;

-isitish pechlari dudburonlarini noto`g`ri o`rnatish;

-havo almashmaydigan xonalarda ochiq olovdan foydalanish;

-shamollatish shaxtalari yoki tuynuklarni berkitib (to`sib) qo`yish. 

    Boshqa yangiliklar