AsosiyDunyo

Pfizer vaksinasi «Omikron» shtammidan 33% himoya qilishi aniqlandi

'Pfizer vaksinasi «Omikron» shtammidan 33% himoya qilishi aniqlandi'ning rasmi

Janubiy Afrikada o`tkazilgan tadqiqot Pfizer-BioNTech vaksinasi «Omikron» shtammidan kasalxonaga yotishning oldini olishda samarali ekanligini ko`rsatdi.

Qayd etilishicha, «Omikron» shtammi vaksinalarga nisbatan chidamliroq, lekin Pfizer-BioNTech vaksinasini qabul qilganlarda kasallik kamroq aniqlanmoqda.

The Washington Post nashrining yozishicha, ushbu tadqiqot Janubiy Afrikadagi eng yirik sug`urta kompaniyasi hisoblanmish Discovery Health kompaniyasi tomonidan olib borilgan. Shu bilan birga, u avvalgi variantlarga qaraganda kamroq og`ir kasallikka olib keladi.

Tadqiqotda 211 000 ta ijobiy COVID-19 holatlari qayd etilgan va kattalar uchun kasalxonaga yotish xavfi mart oyidagi dastlabki to`lqinga qaraganda 29% kamroq ekanligini aniqlangan.

Tadqiqotning xulosalariga ko`ra, ushbu vaksina infeksiyadan 33% himoya qiladi, bu ko`rsatkich kasalxonaga yotqizishni talab qiladigan jiddiy kasallikdan 70% ga samara bergan.

    Boshqa yangiliklar