AsosiyJamiyat

Penitensiar muassasalardagi xodimlar malakasi oshirilmoqda - Ombudsman

'Penitensiar muassasalardagi xodimlar malakasi oshirilmoqda - Ombudsman'ning rasmi

IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti va jazoni ijro etish muassasalarilaridagi tashkiliy  bo`linma xodimlari uchun Ichki ishlar vazirligi huzuridagi o`quv seminar tashkil etildi.

Mazkur seminarda trener sifatida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) Kotibiyatining Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g`ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarining oldini olish bo`limi xodimlari ishtirok etishdi. Ombudsman matbuot xizmati bu xaqda "Darakchi.uz"ga ma`lum qildi.

"O`quv-seminardan ko`zlangan maqsad, jazoni ijro etish muassasalari rahbarlari va xodimlariga jazoni ijro etish muassasi faoliyatiga oid xalqaro standartlar va ilg`or xorijiy tajribalar, xususan, jazoni ijro etish muassasalarida qonuniy tarzda tartib-intizomni ta`minlash, yopiq muassasalarda saqlanayotgan shaxslarning huquqlarini ta`minlashda samaradorlikka erishish yuzasidan ko`nikmalarni oshirishdan iboratdir",-deya qayd etiladi xabarda.

Ma`lumotga ko`ra, tadbirda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) huzuridagi qiynoqlarning oldini olish bo`yicha Milliy preventiv mexanizm doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va jazoni ijro etish muassasalariga amalga oshirilayotgan monitoring tashriflari to`g`risida ma`lumot berilib, monitoring guruhlarida fuqarolik jamiyati instituti vakillari hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a`zolari ishtirok etayotgani ta`kidlangan.

"Seminar qizg`in muhokamalar, bahs-munozaralar, taklif-mulohazalar, savol-javoblarga boy bo`ldi. Ishtirokchilar o`zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi",-deya alohida ta`kidlanadi.

    Boshqa yangiliklar