Qashqadaryo viloyatida bo`lib o`tgan "Qishloq xo`jaligi xodimlari kuni" bayram tadbirida Shahrisabz tumani qishloq xo`jaligida erishgan natijalar bo`yicha birinchi o`rinni olgan edi. Tadbirda tuman hokimi viloyat hokimining faxriy yorlig`i va zamonaviy muzlatkich bilan taqdirlangan.
Ma`lum bo`lishicha, Shahrisabz tuman hokimi Samad Hasanov ushbu muzlatkichni tumandagi 6-ixtisoslashgan davlat umumta`lim maktab internatiga topshirdi.
Ma`lumot uchun, mazkur ta`lim muassasasida 322 nafar o`quvchi ta`lim oladi. Ularning 205 nafari yotoqxonada istiqomat qiladi. O`quvchilarga shu erdan nonushta, tushlik va kechki ovqat beriladi. 6-IDUMIning 82 foiz bitiruvchilari oliy o`quv yurtiga o`qishga kirdi. Bu natija bilan muassasa viloyatda uchinchi, tumanda birinchi o`rinni egallab turibdi.






