Parij-2024 Olimpiya o`yinlarining tashkiliy qo`mitasi butun insoniyat e`tiborini tortgan yangilikni e`lon qildi. Unga ko`ra, tashkilotchilar musobaqaning tantanali ochilish marosimini stadionda emas, ochiq havo ostida, aniqrog`i Sena daryosi bo`ylab o`tkazishni mo`ljallamoqda.
Rejaga ko`ra, marosimda ishtirokchi davlatlar maxsus qayiqlarda daryo bo`ylab belgilangan 6 kilometrlik masofani suzib o`tishadi. Parad yo`nalishi daryo bo`ylab shaharning ko`zga ko`ringan obektlari oldidan o`tadi. Hisob-kitoblarga ko`ra, bunday marosimni 600 ming tomoshabin bevosita sohil bo`ylarida kuzatib borishi mumkin.
Qayd etish joiz, ushbu loyiha amalga oshsa, Olimpiya o`yinlari tarixida daryo bo`ylab o`tgan dastlabki ochilish marosimi bo`ladi






