2021 yil 14 dekabr kuni soat 19:25 larda Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Islom Karimov ko`chasida haydovchi, 1981 yilda tug`ilgan Sh.A. "Orlando" rusumli avtomobilda harakatlanayotib "Hilton" mehmonhonasi ro`parasiga etgan vaqtda, transport vositasining dvigatel qismida qisqa tutashuv va uning ortidan yong`in yuzaga kelgan.
Haydovchi zudlik bilan to`xtagan. O`zi va salonda bo`lgan yo`lovchilar ham tezkorlik bilan avtomobildan tushgan.
Yong`in o`t o`chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Tan jarohati olgan fuqarolar yo`q.
Ushbu hodisa yuzasidan Shayxontohur tumani FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.






