Ijtimoiy tarmoqlarda bugun, 14 dekabr kuni soat 15:21 da Toshkent shahar Sergeli tumani «Do`stlik-1» dahasida 47-yo`nalish bo`yicha harakatlanayotgan «MERS» rusumli avtobusda yong`in sodir bo`lgani aks etgan vidolar tarqaldi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabariga ko`ra, 2 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 15:25 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 15:34 da o`chirilgan.
Yong`in oqibatida avtobusning orqa salon qismi yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo`lganlar yo`q. Hozirda mutaxassislar tomonidan yong`in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.






