Bu haqda AOKAda Sanoat xavfsizligi davlat qo`mitasi mutasaddilari ishtirokida o`tkazilgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi:
Ushbu radioaktiv chiqindilar Sovet Ittifoqi davrida uran konlari faoliyati natijasida to`planib qolgan. Bu muammo Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida ham mavjud (masalan, Qozog`istonda — 240 mln. tonna).
Ushbu chiqindilar joylashgan hududlarni ekologik sog`lomlashtirish ishlarini amalga oshirish maqsadida Evropa Tiklanish va taraqqiyot banki, Evropa Ittifoqi hamda qator davlatlarning homiyligi yordamida 2 mln evro miqdorida birinchi grant ajratilishi bo`yicha qaror qabul qilindi.
Radiasiya va yadro xavfsizligi departamenti o`tkazgan tekshiruvlarda 1920 ta kamchilik aniqlandi.
2019-2021 yillarda yadroviy tibbiyot hamda saraton kasalligiga qarshi kurashishni rivojlantirish maqsadida 3 ta radioterapiya apparati olib kelindi.






