AsosiyJamiyat

Mehnat migrantlarining daromadlari ikki tomonlama soliqqa tortilmasligi belgilanmoqda

'Mehnat migrantlarining daromadlari ikki tomonlama soliqqa tortilmasligi belgilanmoqda'ning rasmi

Bugun bo`lib o`tayotgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida "Tashqi mehnat migrasiyasi to`g`risida"gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o`qishda qabul qilindi. 

Qonun loyihasining maqsadi quyidagilardan iborat:

  • tashqi mehnat migrasiyasi sohasidagi munosabatlarni qonun darajasida mustahkamlash;
  • xalqaro hujjatlardagi qoidalarning xususan, majburiy mehnatga, migrantlarning sog`lig`iga ziyon etkazuvchi sharoitlarda ishlash uchun jalb etishga yo`l qo`ymaslik kabi qoidalarni milliy qonunga implementasiya qilish; 
  • tashqi mehnat migrasiyasi sohasidagi davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatlarini belgilash; 
  • fuqarolarning mamlakat tashqarisidagi faoliyatini tashkil etish, ularni uyushgan holda ishga joylashtirish hamda chet ellik fuqarolarni O`zbekistonda mehnat qilish uchun jalb etishning huquqiy mexanizmlarini belgilash.

Qonun loyihasida mehnat migrantlarining daromadlari ikki tomonlama soliqqa tortilmasligi belgilanmoqda.

Mazkur mazmundagi qonunni qabul qilish bir qator siyosiy partiyalar, shu jumladan O`zLiDePning saylovoldi platformasida ham belgilangan edi.

E`tiborli jihati shundaki, qonun loyihasida hukumat va vakolatli davlat organlariga mehnat migrantlari va ularning oila a`zolarini ijtimoiy qo`llab-quvvatlash, sharoitlarini yaxshilash borasida choralar ko`rish vazifasi yuklatilmoqda.  

    Boshqa yangiliklar