AsosiyJamiyat

O`zbekistonda koronavirusdan kasallanish bo`yicha aprel oyidan buyon eng past ko`rsatkich qayd etildi — SSV

'O`zbekistonda koronavirusdan kasallanish bo`yicha aprel oyidan buyon eng past ko`rsatkich qayd etildi — SSV'ning rasmi

Kecha yurtimizda 136 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 196094 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar qildi SSV Matbuot xizmati. 

Ma`lum qilinishicha, yangi kasallanish holatlarining 1 nafari Qoraqalpog`istonda, 12 nafari Andijonda, 16 nafari Buxoroda, 4 nafari Jizzaxda, 2 nafari Qashqadaryoda, 1 nafari Navoiyda, 5 nafari Namanganda, 23 nafari Samarqandda, 3 nafari Sirdaryoda, 10 nafari Farg`onada, 5 nafari Xorazmda, 11 nafari Toshkent viloyatida va 43 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida hududlarda 164 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 192841 nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, yana 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Kasallik qurbonlarining jami soni 1442 nafarga etdi. 

    Boshqa yangiliklar