Bugun Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan o`tkazilayotgan "Milliy kinematografiya — Yangi O`zbekiston timsoli" nomi ostidagi milliy kino oyligi dasturida Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda “G`urbatda Furqat bor ekan taqdirda” hujjatli filmi namoyish qilindi.
Mazkur kinokartina “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK hamda Toshkent arxitektura qurilish instituti bilan hamkorlikda suratga olingan.
Tadbirni institut prorektori Zafar Abduvaliev ochib berdi va kinoijodkorlarni sahnaga taklif etdi. Ular filmni suratga olish jarayonlari haqida so`zlashdi.
So`ng, “G`urbatda Furqat bor ekan taqdirda” hujjatli filmi namoyish qilindi. Ssenariy muallifi Baxtiyor Yoqubov, rejissyor Muzaffar Qoraboev, operator Ravshan Musaev, rassom Sanjar Aminov.
Oldinda Alisher Navoiy, Bobur, Ogahiy, Cho`lpon, Abdulla Avloniy, Zulfiya, Said Ahmad, Muhammad Yusuf, Oybek va boshqa adiblar haqidagi filmlar namoyish qilinadi.






