Biroz avval, Chilonzor tumanida ikki nafar ayolning profilaktika inspektorlari bilan janjallashayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgani va bu vaziyatga Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining munosabatini bergan edik.
Shundan so`ng, internetda inspektorlardan birining onasining Prezidentga murojaati ham tarqaldi:
Videoda onaxon fohishalik bilan shug`ullanayotgan payti qo`lga olgan mahalla inspektorlari qamoqda ushlanayotgani haqida gapirgan.
Bosh prokuratura Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 206 va boshqa moddalar bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Jinoyat ishi doirasida ikki nafar shaxsga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.






