Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyada "UzAutoMotors" ishlab chiqargan avtomobillarni olib ketayotgan avtotreyler yonayotgani videosi tarqaldi.
Voqea Rossiyaning Moskva viloyatida sodir bo`lgan. Bu haqda "UzAutoMotors" matbuot xizmati bayonot berdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, yong`in Rossiya avtomobil tashuvchisiga tegishli avtotreylerning salonida sodir bo`lgan, shundan so`ng alanga avtomobillar bo`lgan treylerga o`tgan. Yong`in oqibatida 8 ta avtomobildan 3 tasi zarar ko`rgan. Hodisa natijasida avtotreyler haydovchi jabrlanmagan.
Voqea Moskva viloyati hududida avtomobillarni mijozga olib o`tish vaqtida sodir bo`lgan. Barcha tashilgan avtomobillar sug`urtalangan bo`lib, ular rossiyalik mijozga tegishli bo`lgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Hozirda zaruriy yong`in-texnik ekspertizasi o`tkazilib, yong`inning kelib chiqish sabablari o`rganilmoqda.






