AsosiyShou-biznes

Aktyor Alisher Uzoqov, Nilufar Usmonova hamda uning farzandlarini nima bog`ladi?

30 aprel kuni xonanda Nilufar Usmonova o`zining “Kelaqol jonim” taronasiga suratgan olingan videoni taqdim etgan edi. 

Muxlislarini ko`p kuttirmaslikka qaror qilgan xonanda ko`p vaqt o`tmay yangi video klip suratga olishga kirishib ketdi. “Chin sevaman” deya nomlangan yangi taronaga suratga olingan klipda o`zining ijodi bilan muxlislarini sog`intirgan aktyor Alisher Uzoqovni ko`rish mumkin bo`ladi.

Er va xotin obrazida namoyon bo`ladigan bu ikki san`atkorning farzandlari rolida Nilufar Usmonovaning o`g`illarini ko`rish mumkin bo`ladi. Bu haqda xonanda o`zining Feysbukdagi sahifasi orqali o`tkazgan onlayn intervyusida ma`lum qilgan: 

“Klipda oddiy o`zbek oilasining kundalik hayoti aks ettiriladi. Farzandlarim ilk bor klipda suratga tushdi. Yaxshi, sharmanda qilmasdan rollarini ijro etib berishdi. Klipda suratga tushgani uchun iste`dodli aktyor Alisher Uzoqovga alohida minatdorchilik bildiraman. Klipni mahoratli operator va rejissyor Yoxan suratga oldi. Tez kunda yangi klip hukmingizga havola etiladi”

Boshqa yangiliklar