AsosiyJamiyat

Toshkentda fohishalikda ayblangan ayollar IIBda janjal ko`tardi

'Toshkentda fohishalikda ayblangan ayollar IIBda janjal ko`tardi'ning rasmi

 Chilonzor tumanida ikki nafar ayolning profilaktika inspektorlari bilan janjallashayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.  Videoda ayol IIBga olib kelingani va xodimlar bilan janjallashib, haqoratlagani hamda ularga xonadagi jihozlarni uloqtirgani aks etadi.  

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati bu g`ayrioddiy holatga munosabat bildirdi. Qayd etilishiga ko`ra, hodisa Chilonzor tumanida ro`y bergan.

"Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumanida ikki nafar ayolning profilaktika inspektorlari bilan janjallashayotganligi aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilgan va tekshiruv yakuni bo`yicha to`plangan hujjatlar fuqarolar Sh.X., N.S. va profilaktika inspektorlari I.M., Sh.P.larning harakatlariga qonuniy baho berish uchun Chilonzor tumani prokuraturasiga yuborilgan",-deyildi rasmiy munosabatda barcha ishtirokchilarning harakatlariga huquqiy baho berilishi aytilib.

    Boshqa yangiliklar