AsosiyDunyo

JSST: "Yarim milliarddan ortiq odam o`ta qashshoqlik xavfi ostida"

'JSST: "Yarim milliarddan ortiq odam o`ta qashshoqlik xavfi ostida"'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) va Jahon banki pandemiya davrida sog`liqni saqlash tizimidagi muammolar tufayli yarim milliarddan ortiq odam o`ta qashshoqlik xavfi ostida ekanligini ma`lum qildi. Bu haqda JSST veb-saytida joylashtirilgan ma`lumotda aytiladi, deb yozadi RIA Novosti.

"Tibbiy xizmatlar uchun o`z cho`ntagidan pul to`lanishi kerak bo`lgan vaziyatlar yarim milliarddan ortiq odamni o`ta qashshoqlik holatiga olib keladi", — deyiladi ma`lumotda.

JSST va Jahon banki pandemiya tibbiy xizmatlar ko`rsatishni susaytirdi va butun dunyo bo`ylab sog`liqni saqlash tizimlarida tanglikni keltirib chiqardi, degan xulosaga keldi. Shu sababli, tashkilotlar ma`lumotlariga ko`ra, so`nggi o`n yil ichida birinchi marta aholini immunizasiya bilan qamrab olish kamaydi, sil va bezgakdan o`lim ko`paydi.

"Barcha hukumatlar zudlik bilan harakatni boshlashi va har bir fuqaroning moliyaviy ta`sirlardan qo`rqmasdan tibbiy yordam olishini ta`minlash bo`yicha sa`y-harakatlarni tezlashtirishi kerak", dedi JSST Bosh direktori Tedros Gebreyesus.

U shtatlarga birlamchi tibbiy yordam tizimlariga e`tibor qaratgan holda sog`liqni saqlash va ijtimoiy qo`llab-quvvatlash xarajatlarini oshirishni tavsiya qildi.

    Boshqa yangiliklar