Toshkentda qilichbozlik bo`yicha yoshlar o`rtasida Jahon kubogi o`z yakuniga etdi. Musobaqaning so`nggi kunida sablya bo`yicha jamoaviy yo`nalishda g`olib va sovrindorlar aniqlandi.
Turnirda yurtimiz sharafini himoya qilgan qilichbozlarimiz finalgacha mardonavor etib borishdi. Hal qiluvchi bosqichda vakillarimiz misrlik qilichbozlarga qarshi jang qilishdi, biroq yakunda omad afrikalik sportchilar tomonda bo`ldi. Uchinchi o`rin uchun kechgan bellashuvda rossiyalik qilichbozlar polshalik raqiblaridan ustun kelishdi.
Jahon kubogi, yoshlar.
Sablya, jamoaviy:
1. Misr
2. O`zbekiston (Sh.Mamutov, P.Genjebaev, B.Rasulov, J.Dushamboev)
3. Rossiya






