AsosiyJamiyat

Toshkentda IT sohasi vakillari uchun navbatdagi festival o`tkazildi

'Toshkentda IT sohasi vakillari uchun navbatdagi festival o`tkazildi'ning rasmi

Joriy yilning 11-12 dekabr kunlari Toshkentda GDG Tashkent (Google Developer Groups) kompaniyasi Prezident ta`lim muassasalari agentligi, Digital Generation Uzbekistan, shuningdek, “Yangi O`zbekiston” universiteti bilan hamkorlikda IT sohasi vakillari uchun navbatdagi DevFest Toshkent 2021 festival tashkil etildi.

11 dekabr kuni GDG DevFest Tashkent 2021 dasturchilar festivalining onlayn ochilish marosimi bo`lib  o`tdi.

Onlayn festivalda xalqaro ekspertlarning Android 12, Flutter, Back-end, Web va App UX, FAANG va Googlega qanday qilib ishga kirish mumkinligi haqidagi fikrlari bilan tanishishdi. Festivaldan ko`zlangan maqsad IT sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun hamkorlikda o`rganish va tajriba almashish muhitini shakllantirishdan iborat.

Google kompaniyasida ishlayotgan hamyurtimiz Nodir Nazarov onlayn tadbirda o`z taqdimoti bilan qatnashdi va qanday qilib xalqaro kompaniyaga ishga kirish mumkinligi va Google da ishlashning afzalliklari to`g`risida so`zlab berdi

Festivalning offlayn qismida, 12 dekabr kuni Yangi O`zbekiston Universitetida  bo`lib o`tdi. Dilmurod Olimjonov, DevFest tashkilotchilaridan biri

-Prezident ta`lim muassasalari, Digital Generation Uzbekistan nodavlat notijorat muassasasi bilan hamkorlikda Prezident tashabbusi bilan ochilgan "Yangi O`zbekiston" universitetida Google Developer Groups dasturchilar festivalining offlayn qismi bo`lib o`tdi. Festivalni o`tkazishdan maqsad IT sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun hamjamiyat yaratish, o`rganish va tajriba almashish muhitini shakllantirishdan iborat.  

    Boshqa yangiliklar